#qonun_19_1
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
Mazkur vakolatdan kelib chiqib, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Kogon shahridagi 5-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.
Oʻrganish davomida obyektda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi, ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi koʻzdan kechirildi.
Deputatlik nazorati doirasida rekonstruksiya ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mazkur masala nazoratga olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | E-kengash