Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev o‘ziga biriktirilgan Bobur mahallasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Fazogir mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 6-iyul, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 10-Ahil saylov okrugi deputati A.Xasanov tomonidan "Ahil" MFY mahalla yettiligi faoliyatini va hududdagi vaziyat yuzasidan o‘rganish tadbirlarini Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 7-iyul seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva tomonidan "Olimpiya" mahallasi Chimboy mavzesidan oqib o‘tuvchi "Damariq" kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 8-iyul chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 9-G‘alaba saylov okrugi “G‘alaba” MFY mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 9-iyul payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-"Gulzor" saylov okrugi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan "Ibrohim ota" MFY hududida PQ-1-sonli Qaror ijrosi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazadi.

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 10-iyul juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2-"Oqtepa" saylov okrugi deputati Abduvali Ismailov tomonidan "Hislat" MFY mahalla yettiligi faoliyatini va hududdagi vaziyat yuzasidan o‘rganish tadbirlarini Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1