Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Ulug‘bek mahallasida yoshlar murojaatlari qabul qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida kotibiyat faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda mahalliy Kengash faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini yuqori saviyada tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosi monitoringi hamda saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish holati batafsil tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, sessiyalar va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash, kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli ishlab chiqish va rasmiylashtirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔺 O‘rganish jarayonida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📍 Yakuniy tahlillarga ko‘ra, Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida hujjatlar elektron shaklda tizimli yuritilayotgani, qarorlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib "E-Kengash" platformasiga joylashtirilayotgani, deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada rivojlantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3