Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Ulug‘bek mahallasida yoshlar murojaatlari qabul qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
Shovotda «Yoshlar daftari» jamg‘armasidan navbatdagi mablag‘ ajratilmoqda! 🚀

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi. 
Unga ko‘ra, tumandagi yoshlar hayotida muhim o‘rin tutadigan yirik tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsad qilingan. 
💰 Ajratilayotgan mablag‘ miqdori: 46 699 000 so‘m 
🎯 Mablag‘lar nimalarga sarflanadi?
«Prokuror kubogi» musobaqalari g‘oliblarini munosib taqdirlash marosimiga; 
«Yoshlar oyligi» tadbirlarining yakuniy yopilish gala-konsert dasturini tashkil etish xarajatlariga. 
📌 Huquqiy asos: Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori reglamentiga muvofiq, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan kiritilgan bo‘lib, komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan (5 ta maqsadli ovoz bilan) ma’qullandi va tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. 
Mablag‘larning qonuniy va samarali sarflanishi qat’iy nazorat ostiga olingan.