Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Ulug‘bek mahallasida yoshlar murojaatlari qabul qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
#Doimiy_komissiya #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jumladan, doimiy komissiya raisi F.Suyarov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida tuman hududidagi g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarining holati, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, sug‘orish va meliorativ holat, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Mazkur masala navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.


Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook