Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Хalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlarga biriktirilgan qonunlar targ‘ibotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
#24_masala

Xonchorbog‘ mahallasida joylashgan 11-maktab binosini 141-sonli qaror asosida rekonstruksiya qilish ishlarining sifati va belgilangan jadvalga muvofiqligi o‘rganildi. Unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev, Q.Rajabov, Sh.Ortikov mahalla faollari hamda pudratchi tashkilot vakillari ishtirok etib, qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati va muddatlarga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mavjud masalalar pudratchi tashkilot bilan muhokama qilinib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Asosiy maqsad — farzandlarimiz uchun zamonaviy, shinam va xavfsiz ta’lim maskanini tez fursatlarda foydalanishga topshirish, ularning bilim olishi uchun munosib sharoit yaratishdan iborat.

📱 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4