👩💼 #Mahalla_xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Nurafshon shahrida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda.
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev mahalladagi xotin-qizlar faoli ish samaradorligini ko‘zdan kechirdi.
Asosiy e’tibor:
✅ “Ayollar daftari” bilan ishlash va manzilli yordam;
✅ Ijtimoiy og‘ir ahvoldagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
✅ Oilaviy nizolarning oldini olish va bandlik masalalari.
Yakunda ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.