Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 13-may ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpuatov tomonidan Birlashgan mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda aholini qiynab kelayotgan muammolar, ijtimoiy-maishiy masalalar hamda fuqarolar murojaatlari atroflicha o‘rganildi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar va xotin-qizlar masalalari yuzasidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Rais R.Tashpuatov aholi bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolarga yechim topish davlat organlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, murojaatlarni ijobiy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, odamlarni rozi qilish va mahallalardagi muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.