📌Aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari Ekalogiya partiyasi a'zolari A.Tursunboyev o‘z hududidagi 57-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining 📚kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📚Tashrif davomida deputat maktab kutubxonasidagi mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, kutubxona xodimlari bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.
📖O‘rganish jarayonida ayrim darsliklar va badiiy adabiyotlar yetishmasligi, zamonaviy axborot-resurslar bazasini kengaytirish zarurligi qayd etildi.