Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mingchinor mahallasida barpo etilayotgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumani Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi qurilish ishlari ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyiha mahallada sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Murodov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Qaxorov tomonidan 19-P.Valik MFY saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

➕O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati, arizalarning ko‘rib chiqilishi, nafaqa va moddiy yordamlarni belgilash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.

🦅Deputat M.Murodov tomonidan 19-P.Valik MFY o'z saylov okrugida deputatlarning 24 ta muhim ko‘rsatkichlarining 5-bandiga muvofiq, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari o'rganildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularni ijtimoiy ro‘yxatga kiritish va ularga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish mexanizmlarining samaradorligi ham o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 2