Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev o‘ziga biriktirilgan Bobur mahallasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Fazogir mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...

📌Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi 4-Ziynat MFY okrugi deputati M.Akramova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari D.Mirzayeva, I.Qaxorovlar tomonidan Ziynat MFY okrugida o'rganish ishlari olib borildi.

🔈Jarayon davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

🗓Kun tartibidagi 4-band — “Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi chora-tadbirlar” yuzasidan joylarda atroflicha o‘rganishlar tashkil etildi.

💬Shuningdek, MFY raisi va hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tashabbuslar va ularning natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

✏️O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan deputatga 2 ta murojaat kelib tushdi. Aniqlangan muammolar belgilangan tartibda “Ko‘cha daftari”ga kiritildi.

✔️ Natijada fuqarolar tomonidan bildirilgan har ikkala masala joyida ijobiy hal etildi.

💥Bu esa deputatlik faoliyatida aholi bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammo va takliflariga tezkor munosabat bildirish muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqladi.

🎤Bunday o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va hududlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5