Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev o‘ziga biriktirilgan Bobur mahallasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Fazogir mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva tomonidan Fazogir mahallasi hududida xonadonbay o‘rganish va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
янв.21
Fazogir mahallasida tashkil etilayotgan oilaviy bog‘chaning tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova o‘ziga biriktirilgan Fazogir mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva bilan birgalikda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.

#Deputat_sorovi

Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan joylarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan murojaat asosida mahallada maishiy gaz ballonlari uzoq muddat davomida yetkazib berilmayotgani hamda buning oqibatida aholi o‘rtasida noroziliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan tegishli tashkilotlarga 63-ds-377-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mahalla aholisini maishiy gaz ballonlari bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda bu borada zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1