Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar hamda xotin-qizlar faolining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalarga Namuna mahallasi raisi M.Jo‘rayev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarни tanishtirib o‘tdi. Xususan, mahallada qurilishi boshlangan piyodalar yo‘lakchasi hamda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan “karmashka” yo‘l loyihasining borishi, qurilish ishlarining bugungi holati va uning aholi uchun ahamiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi

 📝 Ziyovuddin Haziniy uy-muzeyida mumtoz shoir hayoti va ijodini o‘rganish hamda targ‘ib etish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Muzeyda shoirning boshidan kechirgan davriga oid 400 dan ziyod noyob eksponatlar, shaxsiy buyumlar va qo‘lyozmalar jamlangan. Shuningdek shoir yashagan va ijod qilgan muhitni to‘liq aks ettiruvchi maxsus ekspozitsiyalar
tashkil etilgan.
 

Muzey maskanida quyidagi sharoitlar o‘rganildi. 

Zamonaviy ekspozitsiya: 2019 yilda yangi konsepsiya asosida tashkil etilgan bo‘lib, shoir asarlari, jumladan mashhur "Bayozi Haziniy" to‘plamlarining asl va nusxa nuqtalari joylashtirilgan. 

Rekonstruksiya qilingan maqbara: Uy-muzey bilan bir qatorda shoirning mangu qo‘nim topgan maqbarasi ham rekonstruksiya qilinib, ziyoratchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. 

Madaniy tadbirlar markazi: Muzey hududida shoir ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mushoiralar va mahorat darslari muntazam ravishda o‘tkaziladi. 

🔹 Muzey Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu kunga qadar tashrif buyuruvchilarga tarixchi va adabiyotshunos xodimlar tomonidan sifatli xizmatlar ko‘rsatilayapti. 

   Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1