Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar hamda xotin-qizlar faolining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalarga Namuna mahallasi raisi M.Jo‘rayev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarни tanishtirib o‘tdi. Xususan, mahallada qurilishi boshlangan piyodalar yo‘lakchasi hamda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan “karmashka” yo‘l loyihasining borishi, qurilish ishlarining bugungi holati va uning aholi uchun ahamiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Mahallada bo‘sh turgan obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tumandagi (eski) Qapal mahallasida bo‘sh turgan sobiq masjid binosi negizida bolalar uchun gimnastika va sport zali, shuningdek, xotin-qizlar uchun sog‘lomlashtirish maskanini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mazkur obyektning texnik holati, binodan samarali foydalanish imkoniyatlari, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish masalalari mahalla faollari va nuroniylari bilan birgalikda muhokama qilindi.

🔺Loyihaga muvofiq, obyekt negizida bolalar uchun zamonaviy gimnastika va sport zali tashkil etilib, unda turli sport to‘garaklari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari hamda iqtidorli yoshlarni tayyorlash uchun qulay muhit yaratilishi nazarda tutilgan. Bu esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

🔺Deputat aholi vakillari bilan muloqot davomida loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy ishlar, moliyalashtirish manbalari, qurilish-ta’mirlash ishlarining bosqichlari yuzasidan re

Slide 1 of 2