Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari bilan hamkorlikda tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan savolnoma asosida muassasada yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul shaxs faoliyati, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yillik va choraklik rejalarning bajarilishi hamda qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodimlar va yoshlarga yetkazish holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida faoliyat yuritayotgan fan, sport, madaniyat va san’at to‘garaklari, ularga qamrab olingan yoshlar soni hamda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, xavf guruhiga kiruvchi o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar hamda ichki ishlar organlari va mahallalar bilan hamkorlik holati tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi hamda qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan bu kabi o‘rganishlar muntazam ravishda davom ettirilib, yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 3