Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
TOSHHOVUZ MAHALLASIDA BANDLIKNI TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 TOSHHOVUZ MAHALLASIDA BANDLIKNI TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova, tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat
guruhi a’zosi J.Abdurashidov tomonidan Toshhovuz mahalla fuqarolar yig‘inida
hokim yordamchisining ko‘magida tashkil etilgan chevarchilik faoliyati
o‘rganildi.


O‘rganish davomida chevarlar bilan muloqot qilinib, ularning mehnat faoliyati,
ishlab chiqarish imkoniyatlari, mavjud muammo va ehtiyojlari hamda faoliyatni
yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.


Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish,
tayyor mahsulotlarning bozorini kengaytirish va xotin-qizlarni kasb-hunarga
keng jalb etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.


Mahallada aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha
daftari”ga kiritilib, ularni bartaraf etish nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4