Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
#haftalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 29-iyun–3-iyul)

💬 Dushanba: (29-iyun)
🟢Haftalik Ish rejani tahlil qilish (A.Ashurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov, A.Temirov);

💬Seshanba: (30-iyun)
🟢Korrupsiyaga qarshi kurashish shahar komissiyasi ishini yuritish (A.Ashurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov, A.Temirov);

💬Chorshanba: (1-iyul)
🟢Chiqarilgan qarorlarda ijrochilarga belgilangan topshiriqlarni tahlil qilish (A.Ashurov), o'tgan hafta davomida chiqarilgan qarorlarni monitoring qilish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash, deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (A.Temirov);

💬Payshanba: (2-iyul)
🟢Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va «yo‘l xaritalari» ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori asosida shahar Kengashi tomonidan tizimli nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (A.Ashurov), Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash, deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (A.Temirov).

💬Juma: (3-iyul)
🟢Haftalik amalga oshirilgan ishlar sarhisobi (A.Ashurov), Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammolar atroflicha tahlil qilish hamda aniqlangan masalalarni hal etish, shuningdek masʼul tashkilotlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli davlat idoralari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputat soʻrovlari yuborish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash (barcha bosh mutaxassislar), deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (A.Temirov).

🫥Hafta davomida Oliy Majlis Senati va Kengash raisi topshiriq va ko‘rsatmalariga ko‘ra ish rejaga qo’shimchalar kiritilishi mumkin.

📌Eslatma: Mazkur vazifalar ijrosi Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat xodimlari R.Mamashukurov va A.Temirov tomonidan nazorat qilinadi.