Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🏆 Sport va sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishidagi ishlar deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida hududda yoshlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida tuman sport maktabi va sport inshootlarining moddiy-texnik holati, sport to‘garaklari faoliyati hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. Ayni paytda sport maktabida ko‘plab yoshlar turli yo‘nalishlarda mashg‘ulot olib borayotgani, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi.