Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Danagul Xibrayeva tomonidan Yuqori Chirchiq tumani “Oqovul” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim Gulchehra Saparbayevaning faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Danagul Xibrayeva tomonidan Yuqori Chirchiq tumani “Oqovul” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim Gulchehra Saparbayevaning faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati tahlil qilindi. Xususan, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, individual reja asosida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi. Fuqarolar bilan suhbatlar davomida ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordam turlari va ularni olish tartiblari haqida ham fikr almashildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, ajratilayotgan nafaqa hamda moddiy yordamlarning shaffofligi va manzilliligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar natijadorligi deputatlik nazoratiga olinib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 2