🇺🇿 Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
🚨 Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Z.O‘zbekova, F.Tursunqulov hamda Gaza mahallasidan saylangan deputat H.Allanovlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 18 iyuldagi “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Gaza mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
🚨 O‘rganish davomida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, xususan kredit mablag‘laridan foydalanish, elektr energiyasi va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
🚨 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🚨 Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.