♻️ FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Uch yog‘och” mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida “Toza hudud” MCHJ mutaxassislari bilan hamkorlik qilinib, aholini qiynayotgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularning yechimini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va chora-tadbirlar belgilandi.
✅ Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.