Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda

#Tajriba_almashinuvi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda

🏛 Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan tashkil etilgan tajriba almashuv safari doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlaridan iborat delegatsiyaning Buxoro viloyatiga tashrifi mazmunli uchrashuvlar va amaliy tadbirlar bilan davom etmoqda.

📍 Dastlab delegatsiya a’zolari xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishib, deputatlik faoliyatini tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyati hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

💬 Shuningdek, Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jarayonlari taqdim etildi. Unda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, mavjud muammolarni bartaraf etish mexanizmlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi amaliy yondashuvlar haqida fikr almashildi.

📊 Safar davomida delegatsiya Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi zamonaviy Boshqaruv markazi (Situatsion markaz) faoliyati bilan ham tanishdi. Mehmonlarga markazda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini onlayn monitoring qilish, aholi murojaatlarini tahlil etish va nazorat qilish, shuningdek, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar haqida taqdimot o‘tkazildi.

🗣 Shundan so‘ng Buxoro viloyati hokimligida davra suhbati tashkil etilib, unda mahalliy Kengashlar vakolatlari, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va deputatlik korpusi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

✨ Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, aholi bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni hududlar kesimida ommalashtirish yuzasidan qator taklif va mulohazalar bildirildi.

💡 Tajriba almashuv safari davomida erishilayotgan natijalar mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy boshqaruv tajribalarini amaliyotga keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10