Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi

Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.

🗓 Sessiya kun tartibida 4 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

1️⃣ Oqqo‘rg‘on tumanida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

2️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son Qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga va moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” mablag‘ini taqsimlash to‘g‘risida;

3️⃣ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 12-iyundagi VII-37-67-10-133-K/26-sonli hamda VII-37-68-10-133-K/26-sonli qarorlarini qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida;

4️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasining 2026-yil 6-maydagi “Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish to‘g‘risida”gi 272061/2026-195-sonli taqdimnomasi to‘g‘risida;


Sessiya kotibi etib 25-“Navbahor” saylov okrugidan saylangan deputati Kunimova Lochinoy Ilyazovna saylandi.

✍️ Qabul qilingan qarorlar "E-Kengash.gov.uz" saytida e'lon qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
25. 06.2026
👇👇👇

https://www.facebook.com/share/p/18vGMEbhsi/?mibextid=wwXIfr

Slide 1 of 10