Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar

 2026-yil 17-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appaqov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov va Uy-joy bo‘limi mas’uli M. Jo‘raboyevlar “Bunyodkor” MFY hududida joylashgan 39-A oilaviy yotoqxonada o‘rganish ishlari olib bordilar.

O‘rganish jarayonida yotoqxona binosining ichki holati, umumiy foydalanish joylari hamda tashqi fasad qismi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Aholi tomonidan asosan ichki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda tashqi fasadni yangilash masalalari ko‘tarildi.

Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

🇺🇿 Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 3