Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kattaqo‘rg‘onda ekoturizmni rivojlantirish yo‘lidagi muhim loyihalar o‘rganildi.
Kattaqo‘rg‘onda ekoturizmni rivojlantirish yo‘lidagi muhim loyihalar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi raisi Sh.Urakov hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Xakimov Kattaqo‘rg‘on shahrida turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, “KBR NATURE RESORT COMPLEX” MChJ tomonidan Kattaqo‘rg‘on suv ombori sohilida uzoq yillar davomida qarovsiz holatda qolgan 8,8 gektar maydondagi dam olish maskanini davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat ekoturizm klasteriga aylantirish loyihasining amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.

🏗 Loyihaning birinchi bosqichida:
✅ 40 milliard so‘m investitsiya kiritilishi;
✅ 70 ta yangi ish o‘rni yaratilishi;
✅ 20 tadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etilishi belgilangan.

🏨 Ikkinchi bosqichda esa loyiha yanada kengaytirilib:
🔹 200 o‘rinli zamonaviy mehmonxona;
🔹 100 o‘rinli kurort-sanatoriya tipidagi dam olish maskani;
🔹 500 o‘rinli amfiteatr majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan.
🌳 Shuningdek, namunaviy landshaft dizayni asosida 4 gektar maydonda yashil belbog‘ barpo etilib, mevali va manzarali daraxtlar ekish, hududda manzarali hamda sayroqi qushlar uchun tabiiy muhit yaratish ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyiha Kattaqo‘rg‘on shahrining turizm salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy dam olish infratuzilmasini shakllantirish hamda hududning ekologik jozibadorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

📍 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan ushbu istiqbolli loyihaning amalga oshirilishi doimiy nazorat va e'tiborda bo‘lib, uning sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Slide 1 of 9