Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar hamda xotin-qizlar faolining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalarga Namuna mahallasi raisi M.Jo‘rayev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarни tanishtirib o‘tdi. Xususan, mahallada qurilishi boshlangan piyodalar yo‘lakchasi hamda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan “karmashka” yo‘l loyihasining borishi, qurilish ishlarining bugungi holati va uning aholi uchun ahamiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR:⬇️

Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 27.10.2020 yildagi O‘RQ-644-son.

Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2013 yildagi O‘RQ-353-son.

Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 11.05.2001 yildagi 215-II-son.

Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.05.2007 yildagi O‘RQ-97-son.

Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2002 yildagi 402-II-son



➡️DEPUTAT HAQIDA MA’LUMOTLAR



Isxakov Doniyor Maxmudovich.

10-Xalqlar Do‘stligi saylov okrugi deputati

“Ekologik” partiyasi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi.


TAQSIMOTDAN MAQSAD:
✔️ Kengash faoliyati samaradorligini mustahkamlash
✔️ Qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish
✔️ Ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash


MAS’UL: Murotova Lola Ne’mation qizi.


Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati mudiri.

Slide 1 of 1