Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva xizmat safari doirasida Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.
янв.21
Mingchinor mahallasida barpo etilayotgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumani Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi qurilish ishlari ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyiha mahallada sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
Bugun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari U.Shokirov, U.Gafurov, M.Jalolov hamda X.Xolmatovlar tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida Andijon shahridagi 4-son texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning orzu-intilishlari, kelajakdagi rejalari va mavjud muammolarini o‘rganish, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim va kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda o‘z ustida muntazam ishlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Savol-javoblar jarayonida o‘quvchilarning bandligi, kelajakda kasb tanlash, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, deputatlar tomonidan atroflicha tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan, o‘z fikr va tashabbuslari bilan ajralib turgan o‘quvchi-yoshlar deputatlar tomonidan esdalik sovg‘alari — kitoblar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor va intiluvchan avlodni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5