Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalarga Namuna mahallasi raisi M.Jo‘rayev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarни tanishtirib o‘tdi. Xususan, mahallada qurilishi boshlangan piyodalar yo‘lakchasi hamda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan “karmashka” yo‘l loyihasining borishi, qurilish ishlarining bugungi holati va uning aholi uchun ahamiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
Atom energetikasi va texnologik yuksalish: Kelajak iqtisodiyotining poydevori

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan Oʻzbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi energiya blokining qurilishiga start berilgani mamlakatimiz tarixida tub burilish davrini boshlab berdi. Bugungi kunda sanoat va aholi soni shiddat bilan oʻsib borayotgan sharoitda, barqaror va xavfsiz energiya manbaiga ega boʻlish strategik zaruriyatdir. Mazkur loyiha nafaqat mamlakat energetika tizimini mustahkamlaydi, balki Oʻzbekistonda yuqori texnologiyalar, zamonaviy muhandislik maktabi va ilm-fanning mutlaqo yangi tarmoqlari rivojlanishiga turtki boʻladi. Stansiyaning Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) doimiy nazorati ostida, eng ilgʻor xalqaro xavfsizlik standartlari asosida qurilishi esa ushbu loyihaning hayotiyligi va ishonchliligini kafolatlaydi. Bu kelajak avlodlar uchun qoldirilayotgan ulkan intellektual va industrial merosdir.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov