Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi

  O‘rganish – nazorat-tahlil xulosalari haqida qisqacha ma’lumot: 18 nafar kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam ko‘rsatilgan. 

5 nafar ishsiz ayollarga ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit asosida tikuv mashinalari olinishida ko‘maklashilgan. 

6 nafar yoshlarga imtiyozli kredit berilgan va 8 nafar yoshlar doimiy ish joylariga ega bo‘ldi. 

2 nafar fuqaro obodonlashtirish ishlariga doimiy ishlash uchun jalb qilingan. 

10 nafar kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar ko‘rsatildi va 25 nafar kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 

Mahalla qabristonini obodonlashtirish ishlari-hasharda 500 nafardan ortiq mahalla ahli ishtirok etgan. 

“Yashil” makon loyihasi doirasida 3500 dona manzarali va mevali daraxtlar ekilgan. 

Ayni damda hududda elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida umumiy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

“Yulg‘unzor” mahalla fuqarolar yig‘inida shu kunga qadar ishsiz bo‘lgan 65 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan bo‘lib, shundan 20 nafari yoshlar, 20 nafari ayollar, turli yoshdagi fuqarolar esa 25 nafarni tashkil etadi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1