Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Mingbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar, xususan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati J.Ismonova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning taklif va tashabbuslarini eshitish maqsadida Obod mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Deputat so‘rovi chiqarildi

Deputat so‘rovi chiqarildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O. Karimov tomonidan
tuman markaziy ko‘chalari va avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘rnatilgan ayrim yo‘l belgilari daraxt shoxlari orasida qolib ketgani sababli haydovchilar hamda piyodalar uchun yetarli darajada ko‘rinmayotgani yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🚸 O‘rganishlar davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim yo‘l belgilarining ko‘rinish darajasi pasaygani, bu esa harakat ishtirokchilari uchun noqulaylik va xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.
📄 Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan yo‘l belgilarini tartibga keltirish, ularning atrofidagi daraxt shoxlarini kesish hamda yo‘l belgilarining haydovchilar va piyodalar uchun aniq ko‘rinadigan holatga keltirilishini ta’minlash maqsadida tuman Ichki ishlar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi. Instagram | Face book | You Tube

Slide 1 of 1