Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
#Муносабат

2026 йил 22 апрель куни Остона шаҳрида бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммит (МEС-2026) нафақат Ўзбекистон, балки бутун Марказий Осиё давлатлари учун янги стратегик даврни бошлаб берди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев саммитдаги нутқида глобал иқлим ўзгариши шароитида минтақамиз олдида турган энг ўткир муаммоларни чуқур таҳлил қилиб, уларни бартараф этиш бўйича жаҳон ҳамжамияти эътиборини тортган бешта устувор ташаббусни илгари сурди.

Давлатимиз раҳбари томонидан белгилаб берилган стратегик йўналишларнинг аҳамияти:

«Яшил» иқтисодиёт ва инвестициявий жозибадорлик: Президентимиз томонидан 2035 йилгача бўлган стратегик мақсадлар доирасида таклиф этилган «Марказий Осиё яшил савдо йўлаги» ва иқлим лойиҳаларининг ягона инвестиция портфелини яратиш ташаббуси минтақамизга хорижий капитал ва замонавий технологияларни жалб этишда муҳим ҳуқуқий ва иқтисодий асос бўлади.

Илмий ёндашув ва рақамлаштириш: Атроф-муҳит ўзгаришларининг Ягона минтақавий атласини ишлаб чиқиш масаласи экологик хавф-хатарларни олдиндан прогноз қилиш ва уларга қарши тизимли чоралар кўриш имконини беради.

Биохилма-хилликни муҳофаза қилиш: «Марказий Осиё Қизил китобини» яратиш ташаббуси минтақамизнинг ноёб табиий меросини асраб қолиш йўлидаги тарихий қадамдир.

Ёшлар ва иқлим дипломатияси: 2027 йилда Ўзбекистонда Бутунжаҳон ёшлар иқлим форумини ўтказиш таклифи — янги авлод вакилларини экологик сиёсатнинг фаол иштирокчисига айлантириш мақсадини кўзлайди.

Биз, депутатлар олдидаги вазифалар:
Ушбу ташаббусларнинг ижросини таъминлаш мақсадида экологик қонунчиликни халқаро стандартлар асосида такомиллаштириш, «яшил» энергетика ва чиқиндиларни қайта ишлаш соҳасидаги давлат дастурлари устидан қатъий парламент назоратини ўрнатиш — фаолиятимизнинг бош мезони бўлиши шарт.

Зеро, Президентимиз таъкидлаганидек, экологик хавфсизлик — бу нафақат табиатни асраш, балки халқимизнинг фаровон келажагини таъминлаш демакдир.

Кабулов Мадет,
Халқ депутатлари Қўнғирот туман кенгаши депутати