Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 24-Malik saylov okrugidan saylangan deputat Bopilov Mahmud Toshtemirovich aholi farovonligini oshirish va davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy imtiyozlarning joylardagi ijrosini ta'minlash maqsadida "Xazora" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini olib bordi. Deputat dastlab mahallada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash borasida eng muhim bo‘g‘in hisoblangan hokim yordamchisining faoliyati, hududning "o‘sish nuqtalari" hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida davlatimiz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi doirasida yaratilgan imtiyozlarni bevosita har bir xonadonga yetkazishga alohida e'tibor qaratildi.
Xususan, xalq vakili M. Bopilov hududdagi o‘rganishlari davomida "Xazora" mahallasida istiqomat qiluvchi, alohida e'tibor va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1-guruh nogironi A. Davlatov xonadoniga tashrif buyurdi. Oilaning yashash sharoiti va moddiy ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirilgach, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga doir qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalangan holda ushbu xonadonda barqaror daromad manbaini yaratish choralari ko‘rildi. Hokim yordamchisining amaliy sa'y-harakatlari natijasida, qisqa muddat ichida fuqaro A. Davlatov oilasiga davlat tomonidan ajratiladigan imtiyozli ssuda (moliyaviy ko‘mak) mablag‘lari rasmiylashtirib berildi.
Ajratilgan ushbu maqsadli mablag‘lar evaziga xonadonga qo‘shimcha barqaror daromad kirishi uchun mustahkam zamin bo‘ladi. Deputat Mahmud Bopilov ta'kidlaganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan bunday imtiyoz va e'tibor har bir muhtoj fuqaro hayotida o‘z aksini topishi shart va ushbu yo‘nalishdagi manzilli tadbirlar saylov okrugi hududida qat'iy nazorat ostida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3