Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva xizmat safari doirasida Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.
янв.21
Mingchinor mahallasida barpo etilayotgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumani Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi qurilish ishlari ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyiha mahallada sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 15-19-IYUN KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

#Haftalik_ish_reja

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 15-19-IYUN KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

Payariq tumanida 2026-yilda oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning hisobotini sessiyada ko‘rib chiqish.
(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiya)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-22-son Farmoni ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovning hisobotini sessiyada ko‘rib chiqish.
(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Turdiyevning hisobotini sessiyada ko‘rib chiqish.
(Mas’ul: Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiya)

Tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturini sessiyada ko‘rib chiqish.
(Mas’ul: jtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketish sabablari va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qilish
(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish va sifat darajasini ko‘rib chiqish
(Mas’ul: Reglament va deputatlik obob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

TASHKILIY MASALALAR

👉Batafsil tanishing

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1