Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Mingbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar, xususan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati J.Ismonova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning taklif va tashabbuslarini eshitish maqsadida Obod mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Deputat so‘rovi

Deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahar hududlarida chiqindi qutilari (urnalar)ni o‘rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari M.Sotvoldievga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda markaziy va gavjum ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, istirohat bog‘lari, bozorlar, savdo majmualari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida chiqindi qutilarini o‘rnatish me’yorlariga rioya etilishi, ularni muntazam bo‘shatish va sanitariya holatini saqlash ishlari qay darajada tashkil etilgani yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning faoliyati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.