Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
#doimiy_komissiya 🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-apreldagi PQ-215-sonli qarori ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Abdurazzaqovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda 2025-yil davomida tumanda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va emlash tadbirlarini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda tumanning 281 ming nafardan ortiq aholisiga 30 ta davlat tibbiyot muassasasi xizmat ko‘rsatmoqda. Sohada jami 1 883 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Hisobot davrida 25 ta oilaviy poliklinikada birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi modeli joriy etilib, 264 ming nafardan ortiq fuqaro bilan oila shifokorlari o‘rtasida bitimlar tuzilgan.

Shuningdek, tumanda zamonaviy markazlashgan laboratoriya ishga tushirilgani, poliklinikalarga murojaatlar soni sezilarli oshgani, tez tibbiy yordamga murojaatlar va shifoxonaga yotqizish holatlari kamaygani qayd etildi. Tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish ishlari jadallashib, barcha davlat tibbiyot muassasalarida “DMED” yagona tibbiyot axborot tizimi joriy etilganligi ma’lum qilindi.

Muhokamalar davomida sohadagi mavjud muammolar ham ochiq tahlil qilindi. Jumladan, ayrim oilaviy poliklinikalarning ta’mirtalab holati, ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligi hamda xususiy tibbiyot muassasalarini davlat tibbiy sug‘urtasi tizimiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hisobotda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ham belgilab berildi. Xususan, 6 ta oilaviy poliklinikada qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlash, vakant shifokorlik o‘rinlarini to‘ldirish, onalar va bolalar salomatligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, yangi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hamda raqamli tibbiyot xizmatlarini yanada kengaytirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1