Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ravshan Umarov “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv jarayonida deputat hokim yordamchisining mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib borayotgani yuzasidan amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, aholini, birinchi navbatda ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash ishlarini tashkil qilinayotgani bo‘yicha hisobotini eshitdi.

O‘rganishlar jarayonida R.Umarov hokim yordamchisiga aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 2