Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolarning yer munosabatlariga oid huquqiy ongini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Mingbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar, xususan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
YANGIOBOD MAHALLASIDAGI ZOVUR YOPIQ DRENAJ SHAKLIGA OʻTKAZILADI: AHOLI SALOMATLIGI VA OBODLIK YOʻLIDA MUHIM QADAM!

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilindi.

Muammo nimada edi? Urganch shahar "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig'inining "Turkiston" va "Xalq so'zi" ko'chalarini kesib o'tuvchi ochiq zovur uzoq vaqtdan buyon hudud aholisining sog'ligiga, yashash sharoitiga hamda kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelayotgan edi.

Qanday yechim belgilandi? Ushbu zovurni yopiq drenaj shakliga oʻtkazish orqali hududda:
🔹 Turli yuqumli kasalliklarga chalinish va boshqa salbiy oqibatlarning oldi olinadi;
🔹 Atrof-muhit ekologik holati yaxshilanib, hudud obod etiladi;
🔹 Eng muhimi, bo'shagan maydonda tadbirkorlik rivojlantiriladi va mahalla aholisi uchun yangi ish o'rinlari yaratiladi.