Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva xizmat safari doirasida Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.
янв.21
Mingchinor mahallasida barpo etilayotgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumani Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi qurilish ishlari ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyiha mahallada sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
44-sonli maktabda yaratilgan sharoitlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi

44-sonli maktabda yaratilgan sharoitlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich boshchiligida doimiy komissiya a’zolari Abdullayeva Kimyo Adilovna, Djalalov Sanjar Gayratovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar tomonidan Tinchlikobod mahallasida joylashgan 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🗂 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida tashkil etildi.

📁 O‘rganish davomida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi III-21-125-14-202-K/25-sonli qaroriga asosan maktabning 6 ta o‘quv xonasini zamonaviy jihozlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🧠 Xususan, sun’iy intellekt va IT texnologiyalari, qandolatchilik hamda tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kasbga tayyorlov xonalari, shuningdek, kimyo-biologiya va fizika fan laboratoriyalarining jihozlanish holati, ularda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha o‘rganildi.

🔼 Ishchi guruh a’zolari tomonidan sinf xonalari zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlanganligi, laboratoriya uskunalarining holati hamda ulardan samarali foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarning sifatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

📇 O‘rganish jarayonida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri bo‘lgan - yoshlar bilan ishlash masalalari ham tahlil qilindi. Jumladan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda davlat dasturlariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi o‘rganildi.

📊 Monitoring yakunlari bo‘yicha mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, o‘quvchilarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga tayyorlash sifatini oshirish hamda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

↗️ Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni joyida o‘rganish va baholashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8