Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar hamda xotin-qizlar faolining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalarga Namuna mahallasi raisi M.Jo‘rayev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarни tanishtirib o‘tdi. Xususan, mahallada qurilishi boshlangan piyodalar yo‘lakchasi hamda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan “karmashka” yo‘l loyihasining borishi, qurilish ishlarining bugungi holati va uning aholi uchun ahamiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati dayjesti 1-5-iyun kunlari amalga oshirilgan tadbirlar

1-iyun
Deputat: Masharipov Izzat Masharipovich
1.Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov tomonidan kotibiyatga kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
2.Shovot tumani temir yo‘l vokzalida o‘rganish o‘tkazildi.
2-iyun
Deputat: Kariyev Mansur Omongaldiyevich
3.Shovot tumanida “yashil bog‘” tashkil etiladi
4.Shovot tumanida budjet intizomi va obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
5.Mahallada chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
6.Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi o‘rganildi.
3-iyun
Deputat: Xasanova Durdona Otaxonovna
7.Deputat mahalladagi ijtimoiy muhitni o‘rgandi.
8.Deputatlar nazoratida: Shoxobod o‘yingohida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li, Ishchanov Alibek Raximberganovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan Shovot tumanidagi 1-son sport maktabiga qarashli Shoxobod o‘yingohida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
9.Shovot tumanida investitsiya loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida.
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li hamda Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan Shovot tumanida Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar holati o‘rganildi.
4-iyun
Deputat: Shodonova Dilorom Qadamovna
10.Aholi murojaatlari – e’tibor markazida
11.Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdullayev Dilshod Raximovichning tuman mahalliy budjetining 2026-yil I-chorak ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
🔹 Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi;
🔹 Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala.
5-iyun
Deputat: Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich
12.Deputat va saylovchi: muammolar joyida oʻrganilmoqda.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 6-Qiyat saylov okrugi deputati Marimboy Roʻzmetov oʻz saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini oʻtkazdi va fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni atroflicha tingladi.
13.Deputat mahallada sport maydonchalarini koʻzdan kechirdi: asosiy maqsad – yoshlar salomatligi.
​Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish doimo deputatlarimiz diqqat markazida.
14.Deputat faoliyati: murojaat ijobiy hal etildi
Va’da va ijro: mahalladagi maktab transformatori yangilandi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 6-Qiyot saylov okrugi deputati Marimboy Roʻzmetovga bundan bir necha oy avval hududdagi maktab ma’muriyati va mahalliy aholi tomonidan muhim masala — ta’lim muassasasidagi eski, quvvati past va nosoz transformatorni yangisiga almashtirib berish boʻyicha murojaat kelib tushgan edi.
15.Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Shovot tumani “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi;
🔹 Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida keytering usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi doirasida yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati hamda amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalari.
16. Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida Kengash raisining farmoyishi chiqarildi.