Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
“Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi

“Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-son qaroriga muvofiq, tumanda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil birinchi mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

↗️ Mazkur qarorga asosan, jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga jami 18 mlrd. 452 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 11 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularni amalga oshirish uchun 17 mlrd. 548 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Qolgan 904 mln. so‘m mablag‘ jamg‘armada iqtisod qilingan mablag‘ sifatida saqlab qolinishi belgilangan.

🇺🇿 Ushbu qaror ijrosini ta’minlash hamda “Open budjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "16-Algoritm" okrugi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🧠 O‘rganish davomida 2026-yil I-mavsum “Open budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan 340-sonli, 360-sonli hamda 436-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🗣 Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli hamda amaldagi qurilish me’yorlari va standartlariga to‘liq rioya qilgan holda bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, bajarilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Ta’kidlanganidek, “Tashabbusli byudjet” loyihalari orqali aholining taklif va tashabbuslari asosida hududlardagi dolzarb muammolar bosqichma-bosqich hal etilib, ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi esa deputatlar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining doimiy nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 7