Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlik so‘rovi natija bermoqda: “Navro‘z” mahallasidagi muammolar yuzasidan rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar murojaatlari asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda ma’lum qilinishicha, A.Navoiy ko‘chasidagi 105-, 106- va 107-ko‘p qavatli uylar oldida qurilgan yangi ko‘p qavatli turar joy binosining qurilish me’yorlariga muvofiqligi masalasini o‘rganish uchun tegishli hujjatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat inspeksiyasiga yuborilgan.

Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan boshqa dolzarb masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan:
Hududdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish;
Yaroqsiz holga kelgan oqova suv tizimi quvurlarini ta’mirlash;
Sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va doimiy nazoratni kuchaytirish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan hamda ijrosi nazoratga olingan.

Fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan har bir masalaning ijobiy yechim topishi va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi deputat R.Talipdjanov tomonidan doimiy nazoratga olinadi.

Aholi manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati davom etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi