Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida mulkiy munosabatlarni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirishga oid qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Mazkur qonunlar xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini samarali boshqarish, mulkiy huquqlarni himoya qilish va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.

📋 Mulk va raqobat sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 №O‘RQ-336 | Qabul qilingan sana: 24.09.2012

📝 Mazkur qonun xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlash, mulkdorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolatlar yaratishga qaratilgan.

📝 “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-776 | Qabul qilingan sana: 07.06.2022

📝 Qonun reklama faoliyatini tartibga solish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda halol raqobat muhitini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-803 | Qabul qilingan sana: 28.11.2022

📝 Mazkur hujjat ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilab, mulkiy munosabatlarda ochiqlik va ishonchlilikni ta’minlaydi.

📝 “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-850 | Qabul qilingan sana: 03.07.2023

📝 Ushbu qonun tovar va xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, monopolistik faoliyatning oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

📝 “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-907 | Qabul qilingan sana: 14.02.2024

📝 Qonun davlat aktivlarini xususiy sektorga o‘tkazishning shaffof va samarali mexanizmlarini belgilab, iqtisodiyotda bozor tamoyillarini keng joriy etishga qaratilgan.

📝 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-937 | Qabul qilingan sana: 05.08.2024

📝 Mazkur qonun ayrim holatlarda yer uchastkalari va ularda qurilgan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni qonuniylashtirish mexanizmlarini belgilaydi hamda fuqarolarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

📝 “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-940 | Qabul qilingan sana: 07.08.2024

📝 Ushbu qonun energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.

📁 Mazkur qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga mulkiy munosabatlarni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1