Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ismonova Namuna mahallasida bo‘lib, mahalla raisi M.Jo‘rayev bilan hamkorlikda aholi bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 22-iyun кунги VII-16-50-1-26-K/26-сонли qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlarda o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha savolnoma Asos: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, № O‘RQ-598, qabul qilingan sana — 2019-yil 25-dekabr.

1. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy maqsadi nimadan iborat?


2. Investitsiya tushunchasi nimani anglatadi?


3. Investitsiya faoliyati deganda nima tushuniladi?


4. Investitsiya faoliyati subyektlari kimlar hisoblanadi?


5. Investor tushunchasi qanday ta’riflanadi?


6. O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarning qanday shakllari mavjud?


7. Mahalliy va xorijiy investorlarning huquqlari qanday kafolatlanadi?


8. Investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?


9. Investitsiya obyektlari deganda nima tushuniladi?


10. Investitsiya loyihasi tushunchasi nimani anglatadi?


11. Investorlarning huquqlari nimalardan iborat?


12. Investorlarning majburiyatlari qanday belgilanadi?


13. Davlat tomonidan investorlarga qanday kafolatlar beriladi?


14. Investitsiyalarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari qanday?


15. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?


16. Investitsiya faoliyatida davlat organlarining vakolatlari qanday belgilanadi?


17. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qanday amalga oshiriladi?


18. Investitsiya faoliyatida shartnomaviy munosabatlar qanday tartibga solinadi?


19. Investitsiya nizolari qanday tartibda hal etiladi?


20. Investitsiya faoliyatida mulkiy huquqlar qanday himoya qilinadi?


21. Investitsiya faoliyatiga noqonuniy aralashuv uchun qanday javobgarlik choralari nazarda tutilgan?


22. Investitsiya faoliyatida axborotning ochiqligi va shaffofligi qanday ta’minlanadi?


23. Mazkur Qonunning mamlakat investitsiya muhitini yaxshilashdagi ahamiyati nimada?


24. Investitsiyalarni jalb etish iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


25. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qanday takliflarni bildirasiz?


Savolnoma maqsadi:

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun normalarining mazmun-mohiyatini o‘rganish, investitsiya sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini tushuntirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 1