Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Mingbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar, xususan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati J.Ismonova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning taklif va tashabbuslarini eshitish maqsadida Obod mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 1-iyun, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi 8-"Tabassum" saylov okrugi deputati Samandar Ismailov tomonidan hududidagi “Tepaguzar” mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi 7-"Chamanbog‘" saylov okrugi deputati Abdukayumov Abdumannop Abdumadjitovich tashabbusi bilan Pediatriya markazida bayram tadbiri tashkil etiladi;

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmazor tumani Shifokorlar MFY hududidagi
68-MTTga tashrif.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova


🗓 2-iyun seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 25-"Eski shahar" saylov okrugi deputati Hamroqulov Mahmud G‘ofurjanovich Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyalar asosida Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash yuzasidan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan


🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 3-iyun chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining12-"Gulzor" saylov okrugi deputati Nazarov To‘rabek Tursunovich Olmazor tumani "Ibrohim ota" MFYda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari boyicha 24 tavsiyalar asosida Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati yuzasidan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓4-iyun payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Olmazor tumanidagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Yoshlar maslahat guruhlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 5-iyun juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 20-"Istiqlol" saylov okrugi deputati Normurodova Inobat Qodirovna Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyalar asosida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi ta'minlash yuzasidan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova


📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1