Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Bobur mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Hafta davomidagi eng faol deputatlarimiz

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining hafta davomidagi faoliyati quyidagi mezonlar asosida o‘rganildi va saralandi:

✅ Saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilishi hamda murojaatlarning samarali hal etilishi;
✅ Deputat so‘rovlari bilan ishlash, tashabbus va muammolarni tegishli idoralarga yetkazishdagi faollik;
✅ Sessiyalar va doimiy komissiyalar ishida faol ishtirok etish;
✅ Qabul qilingan qonunlar va qarorlar ijrosini joylarda nazorat qilish;
✅ Deputatlik nazoratini tizimli amalga oshirish;
✅ Mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda hududiy muammolarni hal etishdagi amaliy ishlar.

📌 Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasida hafta davomida eng faol deputatlar aniqlandi.

🤝 Faol deputatlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.