Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Bobur mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

 Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining Mahalliy byudjet,
tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda
Qo‘shko‘pir tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Pirnapasov
Sirojbek Azamatovichning hisoboti tinglandi.
 

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hududlarda infratuzilmani
yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda iqtisodiy islohotlar
samaradorligini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul
qilinib, ushbu masalani Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining
navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilandi.
  

Slide 1 of 1