Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
“Ishbilarmon ayol”

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Bandixon tuman Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi  tomonidan tumanning Gulbog' mahallasida “Ishbilarmon ayol” loyihasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tadbirda tumandagi tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi xotin-qizlar o'z mahsulotlari hamda ko'rsatayotgan xizmat turlari bilan ishtirok etishdi. Ko‘rik–tanlovda O‘zLiDeP Bandixon Kengashi apparat xodimlari hamda hamkor tashkilotlardan tuzilgan hakamlar xay’ati a’zolari tanlov ishtirokchilarini baholash mezonlari orqali baholadilar.

Baholash mezonlariga ko‘ra tanlov ishtirokchilaridan:

1-o‘rin,  Ayollar va bolalar salomatlik markazini tashkil etgan  "Sarvinozxon va Salomatxon " oilaviy korxonasi rahbari Yodgorova Nodira Abdumalikovna;

2-o‘rin,  "Nozima Normurodovna " oilaviy korxona rahbari Turaboyeva Mavluda Rahmat qizi,3-o‘rin,  YATT "Qo‘ldosheva Lobar To‘lqin qizi" rahbari  Qo‘ldosheva Lobar To‘lqin qizi, tadbir g‘oliblari deb topildi.