Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

#Haftalik_ish_reja

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish
(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

Tumanda 2026-yilning I choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan o‘rganish olib borish
(Mas’ul: korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taminlash va huquqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish
(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

Tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati yuzasidan muhokama qilish
(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raisilarning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisobatlarni muhokama qilish
(Mas’ul: Reglament va deputatlik obob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

TASHKILIY MASALALAR

Saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish.
(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

Kengash qarorlarini ijrochilarga yetkazilishini ta’minlash va ijrosini monitoring qilib borish.
(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

Sessiyalarga, doimiy komissiyalar majlislariga tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

Sessiyada qabul qilingan qarorlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish
(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov)

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 1