Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun viloyat hokimligida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Surxondaryo viloyati komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi, senator Ulug‘bek Qosimov va Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov hamda komissiya a’zolari, aloqador tashkilotlar mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida viloyatda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Mutasaddilar “Xonadonbay” o‘rganish asosida ishsiz, ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi. 

Hududlarda qator natijalarga erishish bilan birga, xotin-qizlar bilan ishlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etishda qator kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Komissiya a’zolari va hududlar mas’lullariga xotin-qizlar bilan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilab berildi.

Slide 1 of 10