Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Axborot kutubxonasi markazi faoliyati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, deputatlar M.Ashurov, J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayevalar tomonidan Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.
🔷O‘rganish davomida kutubxonada aholi, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Kutubxona fondida jahon adabiyoti namunalari, o‘zbek va rus yozuvchilarining asarlari, shuningdek, milliy uyg‘onish davri vakillari bo‘lgan jadidchilar merosiga oid kitoblar alohida o‘rin egallagani qayd etildi. Xususan, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Fitrat kabi ma’rifatparvar adiblar asarlari kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilinayotgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, axborot-kutubxona markazida zamonaviy talablar asosida elektron kitoblar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, kitobxonlarga raqamli xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Elektron kitoblardan foydalanish uchun kompyuter jihozlari va internet tarmog‘i imkoniyatlaridan samarali foydalanilayotgani deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.
 

🔷O‘rganish jarayonida kutubxona binosining holati, mavjud sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qaroriga asosan mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Axborot-kutubxona markazini ta’mirlash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratilgan 250,0 mln. so‘m mablag‘lar hisobidan rejalashtirilgan ishlar bilan tanishildi.

🔷Deputatlar tomonidan kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarning faoliyati hamda kitob fondini boyitish borasidagi ishlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish, elektron xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish va kutubxona infratuzilmasini zamonaviylashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🔷Ta’kidlanganidek, aholining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishda axborot-kutubxona markazlari muhim o‘rin tutadi va bu boradagi ishlar kelgusida ham deputatlar e’tiborida bo‘ladi.

Slide 1 of 9